Respublikamizning turli hududlaridan yoshlar forumida ishtirok etayotgan yoshlar Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida koʻtarinki kayfiyatda kutib olindi.
Andijon davlat tibbiyot institutining “Vatanparvarlar” volontyorlar guruhi mehmonlarga toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlom turmush tarzi, pandemiyaga qarshi kurash va karantin qoidalariga rioya qilish toʻgʻrisidagi tarqatma materiallari bilan tadbirda faol ishtirok etdilar