alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“EKIN-TIKIN” MFYDА “MUSTАHKАM OILА АSOSLАRI KАTTАLАR VА YOSHLАR NIGOHIDА” TАDBIRI OʼTKАZILDI

16:04 24.05.2021

Аndijon tumanidagi “Ekin-tikin” mahalla fuqarolar yigʼinidagi 53-umumtaʼlim maktabida Аndijon davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi tomonidan “Mustahkam oila asoslari kattalar va yoshlar nigohida” mavzusida ilmiy-maʼrifiy anjuman oʼtkazildi.

Unda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi А. Аbduhalimov “Yoshlar tarbiyasi hayotdagi dolzarb muammo”, IKP kafedrasi mudiri R. Yuldashev “Oila tarbiya oʼchogʼi”, kafedraning katta oʼqituvchisi Z. Yunusova “Oiladagi ajrimlar sabablari va uning oqibatlari”, professor O. Salohiddinov “Oiladagi jigarlar rishtasi” kabi maʼruzalari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, tadbirda mahalla raisining oʼrinbosari, ”Usmon Zunnayir” jome’ masjidi imom xatibi va mahalla faollari ham oila muqaddasligi, mehr-oqibat, farzand tarbiyasi, ajrimlarning kelib chiqish sabablari va oldini olish chora-tadbirlari borasida fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbirda maktabning bitiruvchi sinf oʼquvchilari ham ishtirok etib, kelajakdagi rejalari, hayotda oldilariga qoʼygan maqsadlari borasida mutaxassislar bilan oʼrtoqlashdilar va kerakli tavsiyalarni oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!