Andijon shahri Yangi bozor hududi “Xolis” savdo markazi ro‘parasida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi va ADTI boshlang‘ich tashkiloti faollari bilan hamqorlikda aholining siyosiy madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan aksiya tashkil etdilar.
Aksiyaga Yoshlar Ittifoqi Andijon viloyati Kengashi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri Xurshidbek Qurbanov targ‘ibotchilar uchun ajratilgan avtobus bilan yetib keldi. Tadbirda Yoshlar itttifoqi faollari bugungi kun mavzusi: tadbirkorlik, tashabbuskorlik va siyosiy savodxonlik xususida fikr yuritib, “Bir savolga – bir sovg‘a” aksiyasini tashkil etdilar.
ADTI boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Bobur Abdulazizxojiev boshchiligida g‘olib va faol ishtirokchilarga Yoshlar ittifoqining hamkorligida chop etilgan kitoblar, Yoshlar ittifoqi ramzi aks etgan futbolka va kepkalar sovg‘a tarzida tarqatildi.
Aksiya aholi tomonidan qizg‘in kutib olinib, faollik, daxldorlik va ko‘tarinkilik ruhida o‘tdi.