Darsdan boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazishga ahd qilgan xorijlik talabalar institut xodimlarini mini futbol sport turi boʼyicha musobaqaga chorladilar. Har ikki jamoa gʼoliblik uchun murosasiz kurashdi. Betakror gollar bilan raqib jamoasini ishgʼol etgan xorijlik talabalar 7:5 hisobida zafar quchdilar.