Avval xabar qilganimizdek, O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan “O’zbekistonda zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlash uchun tibbiy va texnik xodimlarning malakasini oshirish” loyihasi doirasida Germaniyada bo’lib turishibdi.
Qayd etish joizki, Andijon davlat tibbiyot instituti jarrohlik va urologiya kafedrasi assistenti, tibbiyot fanlari nomzodi M.A.Shadmanov va ADTI klinikasi bosh shifokori B.J.Rahmonovlar Germaniyaning Gamburg shahridagi Albertiniy klinikasi shifokorlari bilan hamkorlikda xirurgiya, urologiya, ginekologiya va onkologiya yo’nalishlarida robotlashtirilgan texnologiyalar yordamidagi murakkab amaliyotlarda faol ishtirok etishdi. Bundan tashqari, mahorat mashg’ulotlarida qatnashib, robotlashtirilgan texnologiyalarda ishlash konikmalarini oshirishmoqda.