Аbdurauf Аbdurashidov Аndijon davlat tibbiyot institutining iqtidorli talabalaridan biri. Uning erishayotgan muvafaqqiyatlari har bir talabaning havasini keltirishi tabiiy. U kuni kecha Qozogʼiston Respublikasining Nursultan shahrida MDH davlatlari oʼrtasida boʼlib oʼtgan “Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021” xalqaro tanlovida “Tibbiyot yoʼnalishi” boʼyicha faxrli 1-oʼrinni qoʼlga kritib, koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Аbduraufning qoʼlga kiritgan yutuqlari talaygina. 2020-yilning “Innovatsion gʼoyalar yetakchisi” koʼkrak nishoni, “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi nominatsyiyasi boʼyicha “Yil talabasi – 2020” Respublika tanlovi, “Kazahstan Go-Viral StartUp Go xalqaro tanlovining 2-oʼrin gʼolibi, BАА Enterpreneurship world cup 2020 xalqaro tanlovining final bosqichi ishtirokchisi, Standford, Harvard nufuzli universitetlarining doimiy tinglovchisi boʼlib kelmoqda. Shuningdek, u mahalliy va xalqaro ilmiy anjumanlarda 70 dan ortiq tezis va maqolalar chop etgan, 11 ta ratsionalizatorlik takliflarini amaliyotga tadbiq etgan.