alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ABU ALI IBN SINO” NOMIDAGI FAN OLIMPIADASI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

16:29 21.05.2024

Bugun, 21-may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida kimyo va biologiya fanlaridan “Abu Ali ibn Sino” nomidagi fan olimpiadasining viloyat bosiqchi o‘tkazildi.

Institut Akademik litseyida bo‘lib o‘tgan ushbu olimpiadada umumta’lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Olimpiadaning hakamlar hayʼati institutninng yetuk salohiyatga ega va ko‘p yillik tajribaga ega malakali professor-oʻqituvchilaridan tuzildi.

Olimpiadani Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib, o‘quvchi-yoshlarni bilimini baholash, ularni yanada faollikka chorlashda bu kabi olimpiadalarning ahamiyati katta ekanligi haqida so‘z yuritdi va barcha o‘quvchilarga omad tiladi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 8-sinflar oʻrtasida 1-oʻrin Buloqboshi tumanidagi 12-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Z.Yaxyoyeva, 2-oʻrin Buloqboshi tumanidagi 55-davlat ixtisoslashgan maktabi oʻquvchisi M.Odilovaga, 3-oʻrin esa Marhamat tumanidagi 47-ixtisoslashgan maktab o‘quvchisi I.Abduqodirovga nasib etdi.

9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida esa Shahrixon tumanidagi 44-ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi I.Ibrohimov 1-oʻrinni, Izboskan tumanidagi 8-DIMI oʻquvchisi Y.Anvarjonova 2-oʻrinni, Marhamat tumanidagi 47-ixtisoslashgan maktabi oʻquvchisi O.Sharipova 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Gʻoliblar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!