alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ABU ALI IBN SINO” NOMIDAGI FAN OLIMPIADASINING FINAL BOSQICHI ADTIDA BO‘LIB O‘TDI

10:46 20.05.2021

Andijon davlta tibbiyot institutining Talabalar turar joyida viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha “Abu Ali ibn Sino” nomidagi viloyat olimpiadasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Fan olimpiadasi karantin qoidalariga amal qilgan holda mutaxassislar nazoratida o‘tkazildi. Institut rektori M. Madazimov Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi bilan tabiiy fanlarni o’qitishni yanada takomillashtirish, o’quvchi yoshlarni qo’llab-quvvatlashda bu kabi tanlov va olimpiadalarning o’rni xususida o’z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shundan so’ng o‘quvchilar mazkur fanlar bo‘yicha test sinovlarini muvafaqqiyatli topshirdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 2 ta 1-o‘rin aniqlandi va g‘oliblar mutassaddi tashkilotlarning pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!