“ACN GROUP OF INSTITUTIONS” KOMPANIYASI RAHBARI VA MUTAXASSISLARI INSTITUTIMIZDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ACN GROUP OF INSTITUTIONS” KOMPANIYASI RAHBARI VA MUTAXASSISLARI INSTITUTIMIZDA

11:23 11.10.2024

Xabaringiz bor, ayni damda Hindistonning “ACN group of  Institutions” kompaniyasi rahbari Dr.M.S.Khan,  Aligarh Ayurvedic Medical Institute rahbari va professorlari Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘lib turibdi. Ular bilan institut rektori M.Madazimov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor F.Rasulov uchrashib, hamkorlik masalalarida suhbatlashgan edilar. Suhbatdan so‘ng xorijlik mutaxassislar Andijon davlat tibbiyot institutining 2000 o‘rinli yangi o‘quv binosida bo‘lib, o‘quv jarayonlari bilan tanishdilar.

 

  • Juda ham ko‘rkam va zamonaviy bino. Talabalarga barcha sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, yoshlar simulyatsiya markazidagi mulyajlar bilan amaliyot jarayonlarini bajarishlari mumkin, bu esa nazariyot va amaliyotning uyg‘unligini, darslarning qiziqarli hamda sifatli bo‘lishini ta’minlaydi,- deya mehmonlar o‘z taassurotlarini bildirishdi.

Shundan so‘ng ular institutimizning Reabilitologiya, Sport tibbiyoti, Xalq tabobati hamda Jismoniy tarbiya kafedralarida bo‘lib, professor-o‘qituvchilar bilan muloqotda bo‘ldilar. Unda tomonlar Ayurveda (Hindiston xalq tabobati) sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mazkur soha bo‘yicha institutning Xalq tabobati yo‘nalishi talabalariga mahorat darslari o‘tkazish masalalari, bu borada tajriba almashinuvlarini olib borish bo‘yicha kelishib oldilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!