Oʻzbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi tashabbusi bilan Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag’ishlab “Adolatli qaynona” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Unda partiyaning faol aʼzo ayollari qatorida Andijon davlat tibbiyot instituti Axborot-resurs markazi raisi oʻrinbosari Masturaxon Qoʻldosheva ham ishtirok etdi. Tuman va shahar bosqichida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar oʻzlarining siyosiy bilimlari bilan bilan bir qatorda oila farovonligida qaynonalarning roli qanday ekanligini shartlarda koʻrsata oldilar. Yakuniy natijalarga koʻra, Masturaxon Qoʻldosheva 2-oʻringa sazovor boʻldi.