Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi Akademik litseyda “Rektor soati” o‘tkazildi. Unda institut rektori M.Madazimov Akademik litseyning bitiruvchi bosqich o‘quvchilari bilan uchrashdi.
Tadbirda so‘nggi yillarda oliy taʼlim tizimida yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, ularning isteʼdodini namoyon qilishlari uchun mavjud imkoniyatlar, joriy yilgi qabul jarayonlarida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti tarixi, mavjud fakultetlar, yo‘nalishlar va mutaxassisliklar, yaratilgan sharoitlar, qabul va o‘qish jarayonlari haqida maʼlumotlar berildi. Shu bilan birga talabalarning huquq va majburiyatlari, o‘quv jarayonlari, tartib-qoidalari ham tushuntirildi. Yangi qurib bitkazilgan o‘quv binosi imkoniyatlari, u yerdagi nazariya va amaliyotni uyg‘un olib borish sharoitlari haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuv davomida rektor o‘quvchilarga sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lish uchun ko‘p o‘qish, doimiy izlanishda bo‘lish va albatta amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishlari zarurligini taʼkidladi. Qolaversa, xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish yoshlarning yanada ko‘plab bilimlarni o‘zlashtirishlariga imkon yaratishi yuzasidan tavsiyalar berdi. Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda bitiruvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga rektor batafsil javob berdi.