• info@adti.uz
  • (0-374) 223-94-60
  • Yu.Otabekov 1. Andijan city
  • Institut
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Institut Kengashi
    • Fakultetlar
    • Markaz va bo’limlar
  • Faoliyat
    • O'quv faoliyati
    • Ilmiy faoliyat
    • Xalqaro faoliyat
    • Madaniy-ma'rifiy faoliyat
    • Moliyaviy faoliyat
    • Akademik mobillik
    • Kelajakka qadam
  • Talabalar
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Me’yoriy xujjatlar
    • Ta’lim to’g’risida
    • Sog’liqni saqlash to’g’risidagi
    • Prezident farmoni va dasturlari
    • Xukumat qarorlari
    • Buyruqlar
English Ruscha
  • Institut
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Institut Kengashi
    • Fakultetlar
    • Markaz va bo’limlar
  • Faoliyat
    • O'quv faoliyati
    • Ilmiy faoliyat
    • Xalqaro faoliyat
    • Madaniy-ma'rifiy faoliyat
    • Moliyaviy faoliyat
    • Kelajakka qadam
  • Talabalar
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Me’yoriy xujjatlar
    • Ta’lim to’g’risida
    • Sog’liqni saqlash to’g’risidagi
    • Prezident farmoni va dasturlari
    • Xukumat qarorlari
    • Buyruqlar

REKTOR TABRIGI

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, olimlar, ustoz va murabbiylar!

Sizlarni mamlakatimizda keng nishonlanadigan, qalblarimizga cheksiz quvonch va faxr bag‘ishlaydigan 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Bugun biz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mutlaqo yangi bosqichida, ulkan maqsad va marralar sari dadil odimlab bormoqdamiz. Davlatimiz rahbari tomonidan inson kapitalini rivojlantirish, ta’lim sifatini yuksaltirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiyotning eng muhim omiliga aylantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz ta’kidlab kelayotganidek, bilim va malaka — mamlakat taraqqiyotining eng muhim kapitalidir. Bu ezgu maqsadni hayotga tatbiq etishda, avvalo, ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyosdir. Zero, bugungi auditoriyalarda berilayotgan bilim, shakllantirilayotgan dunyoqarash va tarbiya ertangi kunimizning qanday bo‘lishini belgilaydi.

Bugun institutimizda qariyb 12 ming nafar talaba, jumladan, 1 500 nafardan ortiq xorijiy talaba tahsil olayotgani ta’lim dargohimizning xalqaro miqyosdagi nufuzi va jozibadorligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi. Turli davlatlardan kelib, biz bilan bir safda ta’lim olayotgan yoshlar institutimizda shakllangan zamonaviy ta’lim muhiti, boy ilmiy salohiyat va malakali professor-o‘qituvchilar jamoasiga bildirilayotgan yuksak ishonchning amaliy ifodasidir.

Ayniqsa, ilm-fan yo‘nalishida qo‘lga kiritilayotgan natijalarimiz tahsinga loyiq. Institutimizning ilmiy salohiyati 29,7 foizdan 38,8 foizga oshgani, so‘nggi besh yil davomida 194 nafar PhD va 31 nafar DSc ilmiy darajasi himoya qilingani jamoamizning ilmiy izlanishlari izchil va samarali davom etayotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, Scopus xalqaro ilmiy bazasida chop etilgan maqolalar sonining 10 barobardan ortiq oshgani professor-o‘qituvchilarimiz va tadqiqotchilarimizning ilmiy izlanishlari xalqaro ilmiy maydonda munosib o‘rin egallab borayotganining yorqin ifodasidir.

Bularning barchasi, avvalo, ilmga fidoyi, kasbiga sadoqatli, o‘z shogirdlarining kelajagiga befarq bo‘lmagan ustozlarimizning zahmatli mehnati samarasidir.

Aziz ustozlar!

Sizlarni yana bir bor 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, qalb hotirjamligi, ilmiy va pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Xonadonlaringizdan fayz-u baraka, qalblaringizdan mehr va ilhom, hayotingizdan quvonch va shodlik hech qachon arimasin!

Sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz doimo yuksak e’tirof topaversin. Ilm yo‘lidagi izlanishlaringiz, shogirdlaringiz kamoli va erishayotgan yutuqlaringiz Sizlarga hamisha faxr va quvonch bag‘ishlasin!

Ustozlik maqomingiz barqaror va sharafli, ilmiy va pedagogik faoliyatingiz samarali, shogirdlaringiz kamoli esa bardavom bo‘lsin!

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Madamin Madazimov,
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor.

E'lonlar
  • 0
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5


  • 6
  • 30-09-2026, 19:53
Oldingi nashr

Qidiruv

Bo'limlar

  • Yangiliklari
  • Ekofaol talaba va xodim
  • E'lonlar

So'ngi yangiliklar

Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyat
Kecha, 14:28
Ozarbayjondan talabalar oqimi kengaymoqda
3-10-2026, 15:33
Aholi salomatligi — e’tibor markazida
2-10-2026, 14:40
Andijon davlat tibbiyot instituti



Sahifalar
  • Yangiliklar
  • E'lonlar
  • ADTI nizomi
  • Bo‘sh ish o‘rinlari
So'nggi nashrlar
Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyat
Kecha, 14:28
Ozarbayjondan talabalar oqimi kengaymoqda
3-10-2026, 15:33
Bog'lanish uchun ma'lumot
  • Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy
  • (0-374) 223-94-60
  • info@adti.uz
© ADTI.UZ Barcha huquqlar himoyalangan
Войти Регистрация
Логин:
Пароль: Забыли пароль?
Или войти через