Institut Xotin-qizlar bilan işlaş bölimi tomonidan talaba-yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş, ularda soğlom oilaviy munosabatlar, özaro hurmat, masʼuliyat va maʼnaviy qadriyatlarni şakllantiriş maqsadida “Yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaşning zamonaviy yondaşuvlari” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.
Tadbirda Şarqiy harbiy okrug Xotin-qizlar va oilalar bilan işlaş böyiça mutaxassisi M.Mamajonova, viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy işlar bölimining Oila va xotin-qizlar bilan işlaş böyiça yetakçi mutaxassisi K.Miryusupova, institut Xotin-qizlar bilan işlaş bölimi boşliği Z.Xamdamova, psixologlar hamda talabalar iştirok etdi.

Davra suhbati davomida yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaşning muhim jihatlari, oilada er-xotin munosabatlari, özaro hurmat va işonç, oilaviy masʼuliyat, farzand tarbiyasi hamda oilaviy muammolarni oqilona hal etiş masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.


Şuningdek, mutaxassislar tomonidan hayotiy misollar asosida tavsiyalar berilib, talabalarni qiziqtirgan savollarga atrofliça javob qaytarildi.
Tadbir yoşlarning oilaviy hayotga oid bilim va tasavvurlarini boyitiş, ularda mustahkam oila qurişga masʼuliyat bilan yondaşiş könikmalarini şakllantirişga xizmat qildi.







