ADTI professor – o‘qituvchilari sport – sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarida faol qatnashmoqdalar

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Institut  rektorining  2019- yil 6- fevraldagi  Andijon davlat tibbiyot  institutida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida  sport-sog‘lomlashtirish  ishlarini samarali  tashkil  etish bo‘yicha  jadvaliga  binoan, joriy  yilning  15- fevral  kuni   ADTI rektori  M.Madazimov, prorektorlar, barcha fakultet dekanlari  va  dekan o‘rinbosarlari reabilitologiya  va jismoniy tarbiya  kafedrasining  sport  zaliga  tashrif  buyurdilar. Shu kuni  ular sportning  shaxmat- shashka, stol  tennisi   turlari  bo’yicha   shug’ullanishib, mashg’ulotlar davomida o’zaro   bellashdilar.

Shuningdek,   trenajyor  zalida bo’lishib,  og‘ir atletika va sog‘lomlashtirish  mashqlarini  katta ishtiyoq bilan  bajardilar.

Sport –  salomatlik   garovi  ekanligini chin  dildan  his  etishib, o’zlarining  bo‘sh  vaqtlarini  maroqli  o‘tkazdilar  va  miriqib  dam  oldilar.

540