Rossiya Federatsiyasi N.N.Bloxin nomidagi milliy onkologiya tibbiy tadqiqot markazi direktori Ivan Sokratovich Stilidi 2019 yil 18-20-aprel kunlari ADTI rektori taklifiga binoan, Andijon shahriga tashrif buyurgan Rossiya Milliy onkologiya tibbiy tadqiqot markazi xodimlarini yuqori darajada do‘stona va mehmondo‘stlik bilan kutib olinganligi, ish jarayoni va dam olishlari uchun yaratilgan barcha sharoitlar hamda Rossiya Milliy onkologiya markazi direktori nomiga yuborilgan “Minnatdorlik xati” uchun professor M.M.Madazimov nomiga o‘zining chuqur hurmat va tashakkurini izhor qilib xabarnoma yubordi.
Minnatdorchilik xatida Rossiya Milliy onkologiya markazi hamda ADTI o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona munosabatlar va ilmiy – amaliy aloqalar kelgusida ham davom etishiga ishonch bildirdi.