Belarus Respublikasiga amalga oshirilayotgan xizmat safari doirasida Andijon viloyatidagi davlat oliy ta'lim muassasalari rektorlarining qator muhim uchrashuvlari davom etmoqda.
Navbatdagi manzil — P.M.Masherov nomidagi Vitebsk davlat universiteti bo‘ldi. Tashrif davomida universitet rahbariyati bilan oliy ta'lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvda ta'lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish va almashish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov ham ushbu uchrashuv va muzokaralarda faol ishtirok etib, tibbiy ta'lim, ilmiy izlanishlar hamda xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surmoqda.






