Bugun, 24-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ta’lim sifati, talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, davolash va tibbiy xizmatlar, bandlik, ijtimoiy himoya hamda institut faoliyatiga oid murojaat va takliflari tinglandi.

Bugungi qabulda jami 8ta murojaat ko‘rib chiqildi. Ularning 5 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi masalalar bo‘yicha esa mas’ul bo‘linmalar va mutaxassislarga aniq topshiriqlar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.
Qabul jarayonida har bir murojaatchi bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilib, ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Qabul yakunida ko‘rib chiqilgan murojaatlar yuzasidan mas’ul tarkibiy bo‘linmalar hamda mutaxassislarga tegishli topshiriqlar berildi. Ularning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida bajarilishi alohida nazoratga olindi.










