• info@adti.uz
  • (0-374) 223-94-60
  • Yu.Otabekov 1. Andijan city
  • Institut
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Institut Kengashi
    • Fakultetlar
    • Markaz va bo’limlar
  • Faoliyat
    • O'quv faoliyati
    • Ilmiy faoliyat
    • Xalqaro faoliyat
    • Madaniy-ma'rifiy faoliyat
    • Moliyaviy faoliyat
  • Talabalar
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Me’yoriy xujjatlar
    • Ta’lim to’g’risida
    • Sog’liqni saqlash to’g’risidagi
    • Prezident farmoni va dasturlari
    • Xukumat qarorlari
    • Buyruqlar
English Ruscha
  • Institut
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Institut Kengashi
    • Fakultetlar
    • Markaz va bo’limlar
  • Faoliyat
    • O'quv faoliyati
    • Ilmiy faoliyat
    • Xalqaro faoliyat
    • Madaniy-ma'rifiy faoliyat
    • Moliyaviy faoliyat
  • Talabalar
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Me’yoriy xujjatlar
    • Ta’lim to’g’risida
    • Sog’liqni saqlash to’g’risidagi
    • Prezident farmoni va dasturlari
    • Xukumat qarorlari
    • Buyruqlar

2000 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi yangi o‘quv yiliga to‘liq shay holga keltirilmoqda

Andijon davlat tibbiyot institutining zamonaviy arxitektura va ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida bunyod etilgan 2000 o‘rinli o‘quv binosida yangi 2026–2027-o‘quv yilini yuqori saviyada kutib olish maqsadida tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

7 qavatdan iborat ushbu muhtasham binoning har bir qavatida 28 tadan zamonaviy o‘quv xonasi joylashgan bo‘lib, ularning barchasi interaktiv doskalar, multimedia vositalari va zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan. Bu esa ta’lim jarayonini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish imkonini beradi.

Binoda 12 ta keng va zamonaviy ma’ruza zali mavjud. Ikkinchi qavatda xalqaro standartlarga mos, yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan Simulyatsiya markazi faoliyat yuritib, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini real klinik vaziyatlarga yaqin sharoitlarda shakllantirishga xizmat qiladi.



Uchinchi qavat to‘liq stomatologiya yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u yerda eng zamonaviy stomatologik uskunalar, trenajyorlar va innovatsion texnologiyalar o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan.

Binoda asosan klinik kafedralar joylashgan bo‘lib, institut klinikasi bilan o‘quv binosi o‘rtasida telemeditsina tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim orqali klinikaning jarrohlik bo‘limlarida amalga oshirilayotgan murakkab operatsiyalar real vaqt rejimida o‘quv auditoriyalariga uzatiladi. Talabalar operatsiyalarni bevosita kuzatish, mutaxassis shifokorlar bilan muloqot qilish, o‘z savollarini berish va ularga darhol javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlovchi muhim ta’lim platformasi hisoblanadi.



Binoning beshinchi qavatida 420 o‘rinli zamonaviy faollar zali joylashgan bo‘lib, unda ilmiy-amaliy konferensiyalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda turli uchrashuvlarni yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, 400 o‘rinli oshxona, keng garderob va boshqa xizmat ko‘rsatish hududlari professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun qulay va zamonaviy holatga keltirilmoqda.

Yangiliklari
  • 0
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5


  • 35
  • 4-08-2026, 15:04
Oldingi nashr

Qidiruv

Bo'limlar

  • Yangiliklari
  • Ekofaol talaba va xodim
  • E'lonlar

So'ngi yangiliklar

2000 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi yangi o‘quv yiliga to‘liq shay holga keltirilmoqda
4-08-2026, 15:04
Andijon davlat tibbiyot institutida ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlari natijalari e’lon qilindi
3-08-2026, 19:43
1–2-bosqich talabalari uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash natijalari
3-08-2026, 19:40
Andijon davlat tibbiyot instituti



Sahifalar
  • Yangiliklar
  • E'lonlar
  • ADTI nizomi
  • Bo‘sh ish o‘rinlari
So'nggi nashrlar
2000 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi yangi o‘quv yiliga to‘liq shay holga keltirilmoqda
4-08-2026, 15:04
Andijon davlat tibbiyot institutida ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlari natijalari e’lon qilindi
3-08-2026, 19:43
Bog'lanish uchun ma'lumot
  • Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy
  • (0-374) 223-94-60
  • info@adti.uz
© ADTI.UZ Barcha huquqlar himoyalangan
Войти Регистрация
Логин:
Пароль: Забыли пароль?
Или войти через