Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutning 2000 o‘rinli o‘quv binosida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida institutning kechagi va bugungi qiyofasini aks ettiruvchi stendlar bilan ham tanishdi. Mazkur stendlarda institutning bosib o‘tgan rivojlanish yo‘li, bugungi kundagi yutuqlari va ta’lim sohasida erishayotgan natijalari o‘z aksini topgan.
Rektor tomonidan ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, talabalarga munosib va qulay sharoitlar yaratish, o‘quv auditoriyalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mas’ullarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z muddatida yakunlash, binoda tozalik, obodonlashtirish va sanitariya talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.









