Bugun, 17-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda rektor maslahatchisi X.Zokirov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i D.Matmusayev, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi F.Xojimatov, fakultetlar dekanlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish, talabalar uchun munosib ta’lim va tarbiya muhitini yaratish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Xususan talabalarning kiyinish madaniyati va belgilangan kiyinish qoidalariga rioya etishi, institutning ichki tartib-qoidalariga qat’iy amal qilish, talabalarni turar joy bilan ta’minlash va bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni turli ma’naviy-ma’rifiy, sport va ijtimoiy loyihalarga keng jalb etish, tyutorlarning talabalar bilan individual ishlashini kuchaytirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, talabalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ular uchun qulay va sog‘lom muhit yaratish borasida mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.






