Bugun, 2-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida yangi o‘quv yilini ko‘tarinki ruh, yangi shijoat va katta maqsadlar bilan boshlashga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda institut rektori M.Madazimov, rektor maslahatchisi X.Zokirov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor G.Xolmatova, bo‘lim boshliqlari hamda ma’naviyat-ma’rifat yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan mas’ullar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yangi o‘quv yilini yuqori kayfiyat, yangicha yondashuv, tashabbuskorlik va faollik bilan boshlash, institutda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida institut faoliyatini yanada takomillashtirish, boshqaruv va tegishli yo‘nalishlarda ish samaradorligini oshirish maqsadida qator tayinlovlar ham e’lon qilindi.

A.Abduxalimov — Kadrlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
O‘.Arziqulov — Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
A.Abdurahmonov - institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga;
D.Ashurova - Xotin-qizlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Yig‘ilish yakunida yangi o‘quv yilida jamoa oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olinib, har bir yo‘nalishda mas’uliyat, tashabbuskorlik va fidoyilik bilan faoliyat olib borish zarurligi ta’kidlandi.








