• info@adti.uz
  • (0-374) 223-94-60
  • Yu.Otabekov 1. Andijan city
  • Institut
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Institut Kengashi
    • Fakultetlar
    • Markaz va bo’limlar
  • Faoliyat
    • O'quv faoliyati
    • Ilmiy faoliyat
    • Xalqaro faoliyat
    • Madaniy-ma'rifiy faoliyat
    • Moliyaviy faoliyat
    • Akademik mobillik
    • Kelajakka qadam
  • Talabalar
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Me’yoriy xujjatlar
    • Ta’lim to’g’risida
    • Sog’liqni saqlash to’g’risidagi
    • Prezident farmoni va dasturlari
    • Xukumat qarorlari
    • Buyruqlar
English Ruscha
  • Institut
    • Institut tarixi
    • Rektorat
    • Institut Kengashi
    • Fakultetlar
    • Markaz va bo’limlar
  • Faoliyat
    • O'quv faoliyati
    • Ilmiy faoliyat
    • Xalqaro faoliyat
    • Madaniy-ma'rifiy faoliyat
    • Moliyaviy faoliyat
    • Kelajakka qadam
  • Talabalar
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
    • Magistratura
    • Klinik ordinatura
    • Xalqaro talabalar
  • Me’yoriy xujjatlar
    • Ta’lim to’g’risida
    • Sog’liqni saqlash to’g’risidagi
    • Prezident farmoni va dasturlari
    • Xukumat qarorlari
    • Buyruqlar

“MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI DOIRASIDAGI UCHRASHUV

Andijon davlat tibbiyot institutida yoshlar qalbida kitobga mehr uyg‘otish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.


Tadbir mehmonlari Andijon polkasi sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi. Mehmonlarni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori G. Xolmatova qarshi oldi.



Uchrashuvda “Yangi O‘zbekiston” gazetasi muxbiri, shoir Rashid Xo‘jamov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri xodimi O‘zbektosh Qilichev hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Anvar Botir ishtirok etdi.



Tadbir dasturi doirasida mehmonlar institutning moddiy-texnik bazasi bilan ham yaqindan tanishdilar. Xususan, yangi barpo etilgan 2000 o‘rinli o‘quv binosi, foydalanishga tayyor holatga keltirilgan institut klinikasi hamda zamonaviy tibbiy simulyatsion jihozlar bilan ta’minlangan O‘quv-simulyatsiya markaziga tashrif buyurildi. Mehmonlarga ushbu maskanlarda yaratilgan sharoitlar, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashga qaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.



Loyiha doirasidagi tadbirlarning yana bir muhim qismi ko‘chat ekish marosimi bo‘ldi. Unda mehmonlar va institut vakillari ishtirok etib, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Mazkur tashabbus yoshlarni tabiatga mehr, atrof-muhitga mas’uliyat va bunyodkorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.




Shuningdek, tadbir doirasida talaba-qizlar tomonidan milliy kiyimlar namoyishi tashkil etildi. Unda o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari va betakror liboslari namoyish etilib, milliy an’analarga bo‘lgan hurmat va ehtirom o‘z ifodasini topdi.
Tadbir avvalida G. Xolmatova institut rektori M. Madazimovning tadbir ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Unda yoshlarning har tomonlama yetuk, bilimli va ma’naviyatli insonlar bo‘lib voyaga yetishida kitobxonlik, adabiyot va san’atning o‘rni muhim ekani alohida e’tirof etildi. Shuningdek, bugungi kunda tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning o‘z kasbini puxta egallash bilan bir qatorda, adabiyot va san’atga ham katta qiziqish bildirayotgani ta’kidlandi.






Uchrashuv davomida mehmonlar o‘zlarining ijodiy faoliyati, hayotiy tajribalari, adabiyot va san’at olamidagi kuzatishlari bilan o‘rtoqlashdilar. Samimiy muloqot jarayonida badiiy adabiyotning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni, yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, tafakkurini boyitish va ezgu insoniy fazilatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati xususida fikrlar bildirildi. Talaba-yoshlar ham suhbatda faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda fikr-mulohazalarini bildirdilar.





Uchrashuv yakunida turli tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamda faol ishtiroki bilan ajralib turgan talaba-qizlar munosib taqdirlandi. Bu esa yoshlarning bilim olish, ijod qilish va o‘z iste’dodlarini namoyon etishga bo‘lgan intilishini yanada rag‘batlantirdi.

Yangiliklari
  • 0
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5


  • 9
  • 14-10-2026, 14:13
Oldingi nashr Keyingi nashr

Qidiruv

Bo'limlar

  • Yangiliklari
  • Ekofaol talaba va xodim
  • E'lonlar

So'ngi yangiliklar

DIQQAT, HIMOYA!
Kecha, 15:04
YOSHLAR KUNI: REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI
Kecha, 14:48
E’LON
14-10-2026, 20:32
Andijon davlat tibbiyot instituti



Sahifalar
  • Yangiliklar
  • E'lonlar
  • ADTI nizomi
  • Bo‘sh ish o‘rinlari
So'nggi nashrlar
DIQQAT, HIMOYA!
Kecha, 15:04
YOSHLAR KUNI: REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI
Kecha, 14:48
Bog'lanish uchun ma'lumot
  • Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy
  • (0-374) 223-94-60
  • info@adti.uz
© ADTI.UZ Barcha huquqlar himoyalangan
Войти Регистрация
Логин:
Пароль: Забыли пароль?
Или войти через