Andijon davlat tibbiyot institutida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Gulhayoxon Xolmatova kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘zbek tilining milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni ifoda etuvchi bebaho qadriyat ekanini ta’kidladi.

Tadbir davomida Ona tili va adabiyoti, tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘zbek tilining tarixi, boyligi, jozibasi va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Talabalar tomonidan ona tilini madh etuvchi she’rlar o‘qilib, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Ayniqsa, xorijiy fakultet talabalari ham tadbirda faol ishtirok etib, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishlarini namoyon etdilar.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviy boyligimiz va o‘zligimiz timsolidir!







