Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institut klinikasi bo‘lim boshliqlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda klinika faoliyatining bugungi holati, amalga oshirilgan ishlar samaradorligi, mavjud imkoniyatlar hamda kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir davomida turkiyalik mutaxassis, tibbiy turizm va klinika boshqaruvi yo‘nalishlari bo‘yicha institut rektori maslahatchisi Behlul Univer tomonidan klinikada hozirga qadar amalga oshirilgan ishlar, tarkibiy bo‘limlar faoliyati, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar yuzasidan hisobot taqdim etildi.
Muhokamalar jarayonida klinika faoliyatini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, bo‘limlar ish samaradorligini kuchaytirish, zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish hamda tibbiy turizm yo‘nalishini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, klinika oldida turgan dolzarb vazifalar, ularni amalga oshirish mexanizmlari va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirishda bo‘limlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, boshqaruv samaradorligini oshirish va bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish muhimligi ta’kidlandi.









