Andijon davlat tibbiyot institutida “Payşanba — Yoşlar kuni” doirasida yoşlarning zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalaniş könikmalarini rivojlantiriş, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan töğri foydalaniş madaniyatini şakllantiriş hamda tahliliy hisobotlar tayyorlaş böyiça bilim va malakalarini oşirişga qaratilgan davra suhbati taşkil etildi.
Davra suhbatini institut Axborot xavfsizligini taʼminlaş bölimi boşliği F.Abdulhodimov olib bordi.
Tadbir davomida sunʼiy intellekt texnologiyalarining bugungi kundagi ahamiyati, ularning taʼlim, ilm-fan va kundalik faoliyatdagi imkoniyatlari, şuningdek, uşbu vositalardan oqilona, masʼuliyatli va samarali foydalaniş masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, sunʼiy intellekt yordamida maʼlumotlarni izlaş, saralaş va tahlil qiliş, axborotlarning işonçliligini tekşiriş, olingan natijalardan töğri xulosa çiqariş hamda şaxsiy maʼlumotlar va axborot xavfsizligini taʼminlaşning muhim jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Şuningdek, sunʼiy intellekt tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni tanqidiy baholaş, ulardan foydalanişda akademik halollik va axborot madaniyati tamoyillariga rioya etiş zarurligi taʼkidlandi.

Suhbat davomida tahliliy hisobotlarning mazmuni, ularni tayyorlaş bosqiçlari, maʼlumotlarni tizimlaştiriş, natijalarni tahlil qiliş va asoslangan xulosalar şakllantiriş böyiça muhim tavsiyalar berildi. Bu borada zamonaviy raqamli vositalardan foydalanişning afzalliklari hamda inson omili va mustaqil fikrlaşning ahamiyati qayd etildi.
Oçiq muloqot tarzida ötgan davra suhbatida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda sunʼiy intellektdan foydalaniş böyiça fikr va mulohazalarini bildirdi.






