Andijon davlat tibbiyot institutida “Yoş davlat xizmatçisi” tanlovining hududiy bosqiçini belgilangan tartib va maxsus baholaş mezonlari asosida yuqori saviyada taşkil etiş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektor G.Xolmatova iştirok etib, tanlovning maqsad va vazifalari, uni ötkaziş tartibi, iştirokçilarni saralaş hamda nomzodlarning bilim, salohiyat va yetakçilik qobiliyatlarini baholaş mezonlari yuzasidan batafsil tuşuntirişlar berdi.
Şuningdek, tanlov jarayonida şaffoflik, xolislik va adolat tamoyillariga qatʼiy rioya etiş, iştirokçilarning taşabbuskorligi, intellektual salohiyati, boşqaruv könikmalari, jamoa bilan işlaş qobiliyati hamda davlat xizmatiga bölgan masʼuliyatini munosib baholaş muhimligi alohida taʼkidlandi.

Tadbir davomida tanlovning hududiy bosqiçini samarali taşkil etiş, taşkiliy masalalarni muvofiqlaştiriş, masʼul xodimlar vazifalarini belgilaş va nomzodlarni tanlovga puxta tayyorlaş yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Mazkur yiğilişda institutning bölim boşliqlari hamda tyutorlari iştirok etib, tanlovni belgilangan talablar asosida taşkil etiş böyiça tegişli tavsiya va körsatmalarga ega böldi.







