Andijon davlat tibbiyot institutida tyutorlik lavozimiga munosib nomzodlarni saralaş maqsadida suhbat jarayoni taşkil etildi.
Suhbat Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektor G.Xolmatova boşçiligida komissiya aʼzolari iştirokida ötkazildi.
Jarayonda 20 nafarga yaqin nomzodning bilim va salohiyati, kasbiy kompetensiyasi, muloqot madaniyati, taşabbuskorligi hamda yoşlar bilan işlaş borasidagi tajriba va könikmalari atrofliça örganildi.

Suhbat davomida nomzodlarning talaba-yoşlar bilan samarali işlaş, ularning muammolarini örganiş, taʼlim-tarbiya jarayonida faol iştirok etiş, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni taşkil etiş va yoşlarning ijtimoiy faolligini oşiriş borasidagi qaraşlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlaş joizki, tyutorlik faoliyati nafaqat talabalarni qöllab-quvvatlaş, balki ularning intellektual, maʼnaviy va şaxsiy rivojlanişiga kömaklaşişda ham muhim örin tutadi.







