Bugun, 23-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Yoshlar kuni doirasida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish” oyligi munosabati bilan muhim davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va jinoyatchilikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda zararli illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratildi.
Davra suhbatida Andijon viloyati Narkalogiya markazi direktori o‘rinbosari O.Akbarov, Andijon shahar IIO FMB TKX JKB giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta'sir etuvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo'nalishi tezkor vakili, katta leytenant M.Aliyev, institut Profiklaktika katta inspektorlari J.Xo‘jayev, G.Abduvohidova, institut psixologi U.Zokirova hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. Ular tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, uning huquqiy oqibatlari hamda bu illatga qarshi kurashishning samarali yo‘llari haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ochiq muloqot orqali mavzuni yanada chuqur anglash imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbirda sog‘lom hayot — baxtli kelajak garovi ekani alohida ta’kidlandi.









