Bugun, 28-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida mart oyi Ilmiy kengash yig‘ilishi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar hamda Ilmiy kengash a’zolari faol ishtirok etdi.
Yig‘ilishni institut rektori ochib, kun tartibidagi dolzarb masalalarni e’lon qildi. An’anaga muvofiq, tadbir avvalida ilmiy unvon va darajalar sohiblari, shuningdek respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi. Bu esa ilm-fan yo‘lida izlanayotgan professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar uchun muhim rag‘bat bo‘ldi.
Kengash davomida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov tomonidan “Institut kafedralari tomonidan 2026-yilning dastlabki 4 oyi davomida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari” yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi. Hisobotda olib borilgan ilmiy izlanishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, O‘quv bo‘limi boshlig‘i Q.Isakov tomonidan “Xorijiy tillarni bilish bo‘yicha xalqaro va ilmiy sertifikatlarga ega professor-o‘qituvchilar” haqidagi ma’lumotlar kengash a’zolariga yetkazildi. Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar ta’lim sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim omil ekani qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, institut faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.














