Bugun, 30-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda Rossiya Federatsiyasining Kuban davlat tibbiyot universiteti vakillari ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi Kuban davlat tibbiyot universiteti xalqaro bo‘limi boshlig‘i Artyom Bajenov hamda ushbu universitetning Uzluksiz ta’lim instituti direktori, angiologiya va qon-tomir jarrohligi kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi, yurak-qon tomir jarrohi Aleksandr Bogdan ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va tibbiyot sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, yangi ordinatura yo‘nalishlarini ochish, tajriba almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish kabi istiqbolli tashabbuslar ilgari surildi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy bilim va tajribalarni joriy etish hamda ilgari surilgan tashabbuslarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Mazkur uchrashuv xalqaro aloqalarni kengaytirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.






