Bugun, 8-may kuni “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning hududiy bosqichi doirasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqada viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari faol ishtirok etib, sportga bo‘lgan qiziqish, jamoaviylik ruhi va g‘alabaga intilishlarini yorqin namoyon etdi.
Bellashuvlar davomida maydonda haqiqiy sport ruhi hukm surib, ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, mahorati va matonatini namoyish etdilar. Qizg‘in va murosasiz o‘yinlar esa tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Musobaqa nafaqat sport bellashuvi, balki yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi muhim maydonga aylandi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra faxrli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin — Andijon davlat universiteti
2-o‘rin — Andijon davlat texnika instituti
3-o‘rin — Andijon davlat tibbiyot instituti


G‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
Musobaqada qatnashgan barcha jamoalarni muborakbod etamiz va ularga kelgusidagi sport faoliyatlarida yangi zafarlar hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!






