2019- yil 12- mart kuni ADTI ilmiy kengashlar zalida Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali bilan hamkorlikda onlayn ma’ruza tashkil etildi.
“Dunyodagi demografik keksayish evolyutsiyasi tizimida O‘zbekiston aholisi yosh tarkibining o‘zgarish tendensiyasi” mavzusidagi onlayn ma’ruzani TTA Farg‘ona filiali gigiena va jamoat salomatligi kafedrasi mudiri, professor E.Z.Isoqov o‘qib berdi. Ma’ruza hozirgi zamon talablariga mos ravishda, yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib borildi.
Ma’ruzada umumiy, ijtimoiy gigiena kafedrasi xodimlari, pediatriya fakulteti 3 – bosqich talabalri hamda Respublika o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malkasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi hududiy bo‘linmasining 28 nafar tinglovchilari ishtirok etdilar.
Ma’ruza bahs-munozaralarga boy tarzda bo‘lib, unda talabalar va tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.