alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ADTIDA TOSHKENT DAVLAT STOMATOLOGIYA INSTITUTI BILAN HAMKORLIKDA KONFERENSIYA O‘TKAZILDI

08:33 13.03.2021

Andijon davlat tibbiyot institutida jarrohlik stomatologiya kafedrasi tomonidan Toshkent davlat stomatologiya instituti bilan hamkorlikda  ilmiy amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.`

Konferensiya doirasida stomatologiya sohasining eng zamonaviy yo‘nalishlaridan bo‘lgan dental implantologiya va tishlarni zamonaviy restavratsiya usullari masalalari xususida so‘z olib borildi.

Konferensiya davomida Gospital ortopedik stomatologiya kafedrasi t.f.n. Dos. M. Dadabayeva “Ortopedik stomatologiyada innovatsiyalar”, Xirurgik stomatologiya va dental implantologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, xirurg-implantolog O. Muqimov “Basic course from implantology”,  Jarrohlik stomatologiyasi va dental implantologiya kafedrasi assistenti, xirurg implantolog A. Shodmonov “Implantlar. Ularning turlari. Implantatsiya amaliyotini rejalashtirish”, Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi dotsenti F.  Usmonov “Ortopedik davolashni rejalashtirish”, Vrach stomatolog Z. Toshmatov “Chaynov tish restavratsiyasi”, Gospital ortopedik stomatologiya kafedra assistenti R. Normurodova  “Ortopedik stomatologiyada izolyatsiyaning ahamiyati” mavzularida ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va o‘quv-treninglar o‘tkazdilar. Talabalar stomatologiya sohasi bo‘yicha o‘zlari qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!