alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ADTIga biriktrilgan umumta’lim maktablarida olib borilayotgan hamkorlik ishlari yuzasidan

10:10 30.01.2021

Institutda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2020 yil 30 oktyabr’ kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 86-sonli Bayonida belgilangan vazifalarni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 dekabrdagi 87-03-5020 va 2 dekabrdagi 87-02-664 sonli modemogrammalarida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 25-30 yanvar’ kunlari quyidagilar amalga oshirildi:
27 yanvar’ kuni Xo‘jaobod tumani 26-son maktabda institut kimyo kafedrasi o‘qituvchisi S. Maxamatova, Tibbiy biologiya kafedrasi assistenti D. Kapizova, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi N.Buranova, ijtimoiy gumanitar kafedrasi o‘qituvchisi M.Xojimuratovalar tomonidan biologiya, kimyo, o‘zbek tili va adabiyoti, tarix fanlari bo‘yicha bitiruvchi sinf o‘quvchilariga «Tayyorlov kursi» o‘quv dars- mashgulotlarini o‘tkazdilar.
Kelgusi yilda oliy ta’lim muassasalariga kirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar hamda oliy ta’lim muassalari haqidagi ma’lumotlarni va tavsiyalarni berdilar.



28 yanvar’ kuni Xo‘jaobod tumani 26-son, Izboskan tumanidagi 33-, 50 va 47- umumta’lim maktablariga hamda Ulugnor tumanidagi 23-son umumta’lim maktablariga moddiy-texnik bazasini mustahkalash, o‘quv jaryonida foydalanishlari uchun parta-stollar yetkazib berildi.
29 yanvar’ kuni Izboskan tumanidagi 33-, 50 va 47- umumta’lim maktablariga institut rektori, professor M.M. Madazimov borib, maktablar jamosidagi pedagog-o‘qituvchilar bilan suhbatlashdilar. Bitiruvchi sinflar o‘quvchilari bilar ochiq muloqot – suhbat o‘tkazdilar. Institut rektori, professor M.M. Madazimov o‘quvchilarga ta’lim sohasidagi olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar va yangiliklar haqida gapirib, ta’limning uzluksizligini ta’minlab, yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, ta’limni davom ettirishga chaqirdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!