AHOLI O’RTASIDA TIBBIY KO’RIK TASHKIL ETILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AHOLI O’RTASIDA TIBBIY KO’RIK TASHKIL ETILDI

15:00 30.01.2025

Paxtaobod tumanida ishchi guruh tomonidan olib borilayotgan o’rganishlar davomida mazkur aholi uchun ommaviy sayyor qabul doirasida 4-sektorga qarashli 50-oilaviy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi. Unda Andijon davlatr tibbiyot institutining 16 turdagi mutaxassisliklardan iborat xodimlari ishtirok etib, salomatligi bo‘yicha 350 nafarga yaqin aholi salomatligini tekshirdilar.

 

Ko‘ruvlar davomida 16 nafar bemorga tuman hamda 7 nafar bemorlarga viloyat sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash muassasasalariga bepul yo‘llanmalar berildi. Ko‘ruvlardan so‘ng bemorlarga sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan bepul dorilar ulashildi. Qolaversa, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida davra suhbati ham o‘tkazilib, ishtirokchilarga sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish tartibi, gigiyenaga amal qilish, vitaminlarga boy tabiiy mahsulotlarni iste’mol qilish, har 6 oyda bir marta tibbiy-ko‘riklardan o‘tish kasalliklarni erta aniqlashga yordam berishi borasida ma’lumotlar berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!