alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish masalalariga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbiri

12:42 06.02.2020

Har bir ziyoli inson jamiyatdagi o‘zgarishlarga, yangiliklarga, muammolarga o‘z munosabatini bildirishi zarur. Jamiyatga naf keltirib yashash esa har birimizning insoniy burchmizdir. Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari aholi salomatligi mustahkamlash bilan birga tibbiy madaniyatni yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi targ‘ibot-tashviqot ishlarida ham faol ishtirok etishmoqda. Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati Sh.Abdullaev tashabbusi bilan Andijon shahridagi “Gumbaz” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirida Andijon davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti murabbiylar kengashi raisi B.Toshpo‘latov, Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha ma’sul o‘qituvchilari Mashrabjon Naumanov va Baxtiyor Razaqovlar va davolash fakulteti 111-guruh talabalari ham ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni “Gumbaz” MFY raisi R.Jalilov ochibda va mahalla faollariga mehmonlarni tanishtirdi.  Tadbirda so‘z olgan Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati Sh.Abdullaev mahallalarda o‘tkazilayotgan to‘y va boshqa marosimlarni isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymagan holda kamchiqim, dabdababozliksiz o‘tkazish borasida fikrlar bildirdi.  Andijon davlat tibbiyot instituti Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha ma’sul o‘qituvchisi Mashrabjon Naumanov kuz-qish mavsumida uchrovchi yuqumli kasalliklar, jumladan Koronavirus haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng ish jarayonida uchrayotgan o‘z joniga qasd qilish holatlarining sabablariga to‘htalib o‘tdi. Jumladan, sud tibbiy ekspertiza tekshiruvlarini o‘rganishda o‘z joniga qasd qilish – suitsidlarga nasli moyillik, yaqin qarindoshlik, ayollarda emotsional noturg‘unlik, yashash sharoitidagi mikrohududni salbiy ta’siri alohida o‘rin tutganligi aytib o‘tdi.

Suitsid holatlari o‘smirlar o‘rtasida ham mavjudligini achinish bilan ta’kidladi. Shuning uchun yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarga yo‘l qo‘ymaslik, o‘smirlarni internet tarmog‘idan qanday ma’lumotlar olayotganligini jiddiy nazorat qilish zarurligi haqida fikrlar bildirdi.  Targ‘ibot-tashviqot tadbirida mahalla inspektori Sh.Topvoldiev mahallada tinchlik, osoyishtalikni saqlashda har birimiz mas’ul ekanligimizni eslatib o‘tdi.
Ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish, aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish masalalariga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbiri mahalla ahlining faolligida o‘tdi.

B.Yu.Razaqov.

ADTI Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha ma’sul o‘qituvchi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!