alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Aholi tibbiy xatlov va antropometriyadan o‘tkazilmoqda

15:45 12.12.2020

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6110-son Farmoni ijrosi bo‘yicha Andijon viloyatidan takomillashtirilgan yangi tibbiy profilaktika va patronaj tizimi ustivor ravishda joriy qilinishi bo‘yicha tanlab olingan  Andijon shahri va Qo‘rg‘ontepa tumanida aholini salomatlik va fiziologik holatidan kelib chiqib, bo‘lingan guruhlarining aniq tasnifini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

Aholini tibbiy xatlov va antropometriyadan o‘tkazishda Andijon davlat tibbiyot institutining 557 nafar bitiruvchi kurs talabalari va 198 nafar professor-o‘qituvchilari  joylarda tashkil etilgan tibbiy brigadalar xodimlari bilan birgalikda ishtirok etib kelishmoqdan. Shuningdek ular tomonidan xonadonlarda sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik bo‘yicha targ‘ibotlar ham olib borilmoqda.

Tibbiy xatlov ko‘taringki ruhda davom etmoqda.

Davolash (amaliyot) bo‘limi