«Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi ikkinchi bosqichida viloyatdagi tibbiyot sohasiga rahbarlik qilayotgan shifokorlarning o‘rniga biriktirilgan tibbiyot institutida tahsil olayotgan lider yoshlar joylarda aholi salomatligini mustahakamlash borasida ibratli ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Ular avvalo uyma-uy yurib yakka-yolg‘iz keksalar, o‘zgalar yordamiga muhtoj nogironlar holidan xabar olishmoqda.
Aholi yoshlarning shirinso‘zlari, beminnat yordamidan mamnun bo‘lishmoqda.
Tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida Xo‘jaobod, Ulug‘nor tumanlariga biriktirilgan talabalar faollik ko‘rsataishmoqda.
Kozimjon Baydullaev,
ADTI pediatiriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari