alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AHOLIMIZNI SOG‘LOMLASHTIRISH YO‘LIDA

21:35 20.02.2023

“Sog‘lik – eng katta boylikdir” -deydi, yoshi ulug‘lar. Darhaqiqat, tanangiz darddan holi bo‘lsa, o‘ylaysiz, fikrlaysiz, hayot zavqini tuya olasiz. Shu boisdan, xalq dardiga malham bo‘lish maqsadida, joriy yilning 6-yanvar kunidan boshlab,  Hozirga qadar  Andijon viloyatidagi 17 ta shahar va tumanlariga Andijon davlat tibbiyot institutining 34 nafar malakali professor-o‘qituvchilari aholiga joylarda  malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha  masʼul etib biriktirildi. Masʼullar tomonidan biriktirilgan manzillarda 670 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ular 131 ta xonadonda bo‘lishib, aholiga tibbiy madaniyat va sog‘lomlashtirish bo‘yicha tushunchalar berdilar. Shuningdek, 22 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 34 nafariga tuman tibbiyot markaziga 15 nafariga viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda ADTI klinikasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

Respublikamiz miqyosida o‘tkazilayotgan “Qishloq xo‘jaligi xodimlari salomatligi oyligi” aksiyasi doirasida Paxtaobod TTB qarashli Madaniyat bo‘limi, Ulug‘nor TTB qarashli 37-OP hududidagi Oqtom, Urganji, Darvozaqum, To‘rtol MFYlarda hamda Shahrixon TTB hududidagi Yangi turmush MFYda institutning 16 nafar mutaxassislari 418 nafar qishloq xo‘jaligi xodimlarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, bugun Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutga biriktirilgan Paxtaobod tumani Chorsu MFY hududidagi Boykechik mahallasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida manzilda bo‘ldi. Masʼullar bugunga qadar mahallada amalga oshirilgan ishlar haqida aytib o‘tdilar. Unga ko‘ra, mahalladagi 65 ta xonadonning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganilib, 5 nafar ish so‘rab murojaat qilingan fuqarolarni tikuvchilik sexiga ishga qabul qilish masalasi ijro holatiga keltirilgan, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning murojaatlariga mas’ullar hamkorligida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Qolaversa, tibbiy ko‘rik va yordamga muhtoj fuqarolar tekshiruvdan o‘tkazilib, yo‘llanmalar berilib, tibbiyot birlashmalariga joylashtirilmoqdalar.

Institut rektori aholi vakillari bilan uchrashib, ularning muammolariga quloq tutdi. Murojaatlar yuzasidan mas’ullarga vazifalar topshirdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!