Ayni kunlarda buyuk bobokalonimiz, so‘z mulkining sultoni hazrat mir Alisher Navoiyning 580 yilligini katta tantana bilan nishonlamoqdamiz.
Andijon Davlat Tibbiyot instituti akademik litseyida ham ushbu ayyom munosib nishonlandi. Tadbirni akademik litseyning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shuhratbek Aripjonov ochib berdi.
Shuningdek tadbirga tashrif buyurgan institutning yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O‘tkirbek Arziqulov hamda, o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Gavharoy Minavarova so‘z oldilar.
Ular ajdodlarimizning adabiy merosi, ularning hayotimizdagi tutgan o‘rni nechog‘li ahamiyatli ekani haqida fikr bildirdilar. Ularning pand nasihatlari yoshlarning komil inson bo‘lib voyaga yetishishlarida o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladilar. Tadbir davomida o‘quvchilar Navoiy ijodiga mansub g‘azal va ruboiylarini yoddan o‘qidilar. Qo‘shiq va raqslar badiiy kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.