alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abiturientlar uchun test sinovlari boshlandi

12:25 14.09.2020

Andijon viloyatidagi akademik litseylarga hujjat topshirgan abiturientlar uchun test sinovlari Sportning o‘yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi stadionida boshlandi (Andijon shahar, 3-kichik daha, Mashrab ko‘chasi).


Abiturientlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan test imtihonlariga kirdi. Bu jarayonda ular dezinfeksiya yo‘lakchalaridan o‘tib, harorati o‘lchanib, shaxsi tasdiqlangach sinov hududiga kiritildilar.



Imtihonlar boshlanishidan oldin mas’ul xodimlar imtixon jarayoni yuzasidan tushuncha berib o‘tishda va abiturientlarga test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib olishlarida omad tiladilar.
Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyi bo‘yicha 2020-2021 o’quv yili uchun qabul rejasi jami 208 nafar bo‘lib, bundan 156 nafari tabiiy fanlar 1-yo‘nalishi, 52 nafari tabiiy fanlar 2-yo‘nalishiga. Qabul jarayoni 20-30 iyunga qadar onlayn ravishda tashkil qilindi. Jami 497 nafar 9-sinf bitiruvchilari akademik litseyda o‘qish niyatida o‘z hujjatlarini topshirdilar.





ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!