Andijon davlat tibbiyot instituti 1-akusherlik-ginekologiya kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari doktori, dotsent D.B.Asranqulova va kafedra xodimlari tashabbusi bilan ukrainalik xalqaro olim, Xarkov tibbiyot akademiyasi akusherlik-ginekologiya va perinatalogiya kafedrasi dotsenti, Oilani rejalashtirish va reproduktiv salomatlikni saqlash masalalari bo‘yicha JSST murabbiyi Struk Tatyana Anatolevna ishtirokida xalqaro ilmiy-anjuman o‘tkazildi.
Anjumanda Andijon davlat tibbiyot instituti 1-akusherlik ginekologiya kafedrasi, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining akusherlik va ginekologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistratura va klinik ordinatura talabalari hamda Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyat perinatal markazlarining akusher-ginekologlari qatnashdilar.
Ilmiy-anjuman anjumanni 1-akusherlik-ginekologiya kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari doktori, dotsent D.B.Asranqulova ochib berdi. Professor Struk Tatyana Anatolevna “Ayollarning turli yoshdagi davrlarida gormonoterapiyani differensiyalashgan yondashuvi” mavzusida ilmiy ma’ruza o‘qidi. 1-akusherlik-ginekologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, dotsent D.B.Asranqulova va boshqalar anjuman yo‘nalishi bo‘yicha o‘z ma’ruzalari o‘qib eshittirdilar.
Anjuman yakunida professor T.A.Struk anjuman ishtirokchilarini qiziqtirgan savollar misollar bilan javob berdi.
Anjuman so‘nggida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.