Andijon davlat tibbiyot instituti barcha talabalarga qulaylik yaratish harakatida doim.
Talaba-qizlar uchun “Al-Saida” xususiy-sherikchilik asosidagi talabalar turar joyida barcha imkoniyatlar mavjud: uch va olti kishiga moʻljallangan xonalar bejirim jihozlangan. Alohida tashkillangan dars xonalar kompyuterlar bilan taʼminlangan. Oshxonalar esa har bir xonalarga ajratilgan. Narxi esa bir oy uchun 500 ming soʻm.
Manzil: Andijon shahri, “Oqyor” MFY, Istiqlol koʻchasi 2-uy.
Talabgorlar Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatovaga yoki fakultet dekani oʻrinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.