Andijon davlat tibbiyot institutining talaba-yigitlari uchun ham qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Al-Saida” xususiy-sherikchilik asosidagi talabalar turar joyi bilan kelishildi. Turar-joyda barcha imkoniyatlar mavjud: uch va olti kishiga moʻljallangan xonalar bejirim jihozlangan. Alohida tashkillangan dars xonalar kompyuterlar bilan taʼminlangan. Qishki va yozgi oshxonalari ham bor. Narxi esa bir oy uchun 400 ming soʻm.
Manzil: Andijon shahri, “Oqyor” MFY, Istiqlol koʻchasi 2-uy.
Talabgorlar fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan oʻrinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.