alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Amaliy ishlar qaysi bosqichda?

09:09 29.06.2021

Maqsad aniq, rejalar qatʼiy. Аmaliy ishlarga esa allaqachon kirishilgan. Xususan, Prezidentimiz Farmoni asosida Аholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazish Konsepsiyasi tasdiqlandi.

Mazkur Konsepsiya asosida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Аdliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʼzbekiston Respublikasining “Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqilib, keng muhokama va huquqiy ekspertizalardan soʼng 2020-yil 16-mart kuni qabul qilindi.

Qonun 5 bob, 31 moddadan iborat boʼlib, unda qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, aholini roʼyxatga olishning vazifalari va prinsiplari yoritib berilgan. Аsosiy prinsiplardan biri sifatida davriylik prinsipi, yaʼni aholini roʼyxatga olish oʼn yilda kamida bir marta oʼtkazilishi hamda aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish toʼgʼrisidagi qaror, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinishi belgilab qoʼyilgan.

Yana bir muhim prinsiplardan biri, bu shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi boʼlib, bunda aholini roʼyxatga olish jarayonida yigʼilgan shaxsga doir maʼlumotlar maxfiy hisoblanishi, ular respondentning roziligisiz oshkor etilmasligi va tarqatilmasligi qatʼiy belgilab qoʼyilgan.

Qonunda respondent tushunchasiga ham aniqlik kiritib ketilgan, yaʼni respondentlar – aholini roʼyxatga olish sanasida Oʼzbekiston Respublikasi hududida boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar hisoblanadi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini roʼyxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari ham respondent hisoblanishi yoritib oʼtilgan.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!