alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT INSTITUTIDA XALQARO KONFERENSIYA O‘TKAZILDI

19:58 15.03.2023

Andijon davlat tibbiyot institutining Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi tomonidan “Konsilium.  Qandli diabet 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda komorbid holatlar va insulinoterapiya aspektlari: nazariyadan amaliy yechimlarga” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil qilindi.

“Hamkor” biznes konferensiya zalida bo‘lib o‘tgan konferensiyada vodiy endokrinologlari, Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi xodimlari, magistrlar va ordinatorlar ishtirok etdilar.

Unga taklif qilingan mehmonlar Rossiya Federatsiyasi Endokrinologiya tibbiy tadqiqot markazi direktor o‘rinbosari, Diabetik to‘piq bo‘limi boshlig‘i, Tibbiyot fanlari doktori professor Galstyan Gagik Radikovich  va Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash departamenti endokrinologi, tibbiyot fanlari nomzodi Demidov Nikolay Aleksandrovich o‘z ma’ruzalarini yig‘ilganlarga taqdim etdilar. Ular mavzu doirasidagi kasalliklarning havflilik darajasi, ularni oldini olish va davolashning zamonaviy usullari, ularga doir muammolar hamda yechimlar xususida batafsil ma’lumotlar berdilar.

 

Shu bilan birga konferensiya ishtirokchilarning mavzu doirasida bergan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

 

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!