O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga eng muhim vazifa sifatida alohida e’tibor qaratmoqda. Davlatimiz rahbarining “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazgan videoselektr yig‘ilishida ta’lim samaradorligini oshirish borasida bir qator vazifalarni belgilab berdi. Ular ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon Davlat tibbiyot instituti umumta’lim maktablari bilan hamkorlik aloqalari yana mustahkamlamoqda.
Institut professor-o‘qituvchilari maktabalarga tashrif buyurib o‘quvchilar bilan bevosita muloqot qilishmoqda, o‘qituvchilarga ilmiy-uslubiy ko‘mak berishmoqda. O‘zaro hamkorlik aloqalarida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanilmoqda. Bu borada onlayn ma’ruzalar tashkil etilayotganligini alohida e’tirof etish zarur.
Jumladan, Andijon Davlat tibbiyot institutining Tibbiy kimyo kafedrasi mudiri, dotsent Yu.X.Xolbaev Andijon tumanidagi 1- va 54-maktablar o‘quvchilari uchun “Elektrolitik dissosatsiyalanish nazariyasi” mavzusida onlayn videoma’urza o‘tkazdi.
Mktab o‘quvchilari uchun o‘z sinf xonalarida turgan holda Andijon Davlat tibbiyot instituti bilan bog‘lanish va institut professor-o‘qituvchilaridan saboq olish juda qiziqarli va samarali bo‘ldi. Onlayn dars jarayonida maktab o‘quvchilari faol ishtirok etishdi, dotsent Yu.X.Xolbaevga mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish va batafsil javoblar olishdi. Andijon Davlat tibbiyot instituti va maktablar hamkorligi kelajakda yanada samarali davom etadi.
ADTI axborot xizmati