Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Andijon viloyatining Andijon, Paxtaobod, Ko‘rg‘ontepa, Bo‘ston va Namangan viloyatining Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqdalar.
Mazkur texnikumlarning bir guruh vakillari Andijon davlat tibbiyot institutga tashrif buyurdilar va institut hayoti bilan yaqindan tanishdilar.
Mehmonlarni institut rektori, professor M.M.Madazimov, Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor v.v.b. Z.O‘tanov va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari bo‘yicha mas’ul X.Sapioxunovalar samimiy kutib oldilar.
Hamkor texnikum vakillari institutning qayta jihozlangan Axborot texnologiyalari markazi, Simulyatsion o‘quv markazi, Axborot resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida tibbiyotga oid hamda axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar, yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Tashrif yakunida institut jamoasi va texnikumlar vakillari hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida chora-tadbirlarni belgilab oldilar.
X.Sapioxunova
ADTI Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari bo‘yicha mas’ul