alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institute Jarrohlik stomatologiya kafedrasi hamda Dog’iston davlat tibbiyot universiteti o’rtasida masofaviy ma`ruza o`tkazildi

14:25 05.12.2018

2018-yil 5-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot institute klinikasi 9-blok konferensiya zalida Andijon davlat tibbiyot institute Jarrohlik stomatologiya kafedrasi va Dog’iston davlat tibbiyot universiteti Jarrohlik stomatologiya va yuz-jag’ jarrohligi kafedralari o’zaro, masofaviy ta’lim texnologiyasini joriy etish maqsadida,  Dog’iston davlat tibbiyot universiteti Jarrohlik stomatologiya va yuz-jag’ jarrohligi kafedrasi dotsenti Xasan Aliyevich O’rdashevlar tomonidan“ Amaliyotchi sialogning kun tartibi” mavzusida ma’ruza tashkil qilindi. Ma`ruzada Dog’iston davlat tibbiyot universiteti o`quvishlari bo`yicha prorektor  R.K.Shahbanov, stomatologiya fakulteti dekani T.A. Abakarovva stomatologiya fakulteti talabalari ishtirok etdilar.


Dog’iston davlat tibbiyot universiteti stomatologiya fakulteti dekani T.A. Abakarov tomonidan “Stomatologiyada intraoral kamera qo’llanilishi” mavzusida mahorat darsi o`tkazildi. O`tkazilgan tadbirda stomatologiya dekani D.Sh.To`lanov , “Jarrohlik  stomatologiya” kafedrasi xodimlari va stomatologiya fakulteti talabalari ma’ruzani yuqori qizqish bilan tingladilar.

Kelgusida har ikki oliygoh aloqalari bardavom bo`lishini taminlashga kelishib oldilar.