Avval xabar berganimizdek, bugun Samarqand shahridagi «Silk Road Samarkand» majmuasi Kongress markazida O‘zbekiston — Germaniya birinchi tibbiyot forumi boshlandi.
Unda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Rasulov hamda institutga biriktirilgan kollej hamda texnikumlar direktorlari ham ishtirok etmoqdalar.
Forum doirasida institut rektori Germaniya hamkorlik tashkiloti (GIZ) ning koordinatori Kornelia Bekker bilan Uro-onkologiya sohalari bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzoladi. Unda mutaxassislarni malakasini oshirish, birgalikda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish masalalari ko‘zda tutilgan.
Maʼlumot uchun, institut hamda GIZ tashkiloti o‘rtasida Endo-urologiya bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.